AQShning Florida shtatidagi qamoqxonalardan birida irqiy nafrat sabab qotillikka qo‘l urgan 53 yoshli Mark Asay qatl etildi, deb xabar berdi Associated Press.
Hukm avval bu maqsadda qo‘llanilmagan anestetik vosita — etomidat orqali ijro etildi. Ushbu preparat ko‘plab farmatsevtika kompaniyalari o‘limga olib keluvchi inyeksiyalarda qo‘llash uchun sotishdan voz kechgan midazolamning o‘rniga qo‘llanildi.
Asay 1987-yilda qora tanli Robert Li Buker va metis Robert Makdauellni irqiy nafrat tufayli o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan.
Izoh (0)