O‘zbekiston Prezidentining 23-avgustdagi farmoni bilan Ulug‘bek Ro‘ziqulov “bosh vazir o‘rinbosari — ‘O‘zavtosanoat’ aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi — tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari” lavozimidan ozod etildi.
Prezidentning 23-avgustdagi boshqa farmoni bilan Nodir Otajonov “bosh vazir o‘rinbosari — ‘O‘zagrotexsanoatxolding’ aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi — tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari” lavozimiga tayinlandi.
1967 yilda tavallud topgan Nodir Otajonov 1993-yili Andijon qishloq xo‘jaligi institutini, 1998-yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini, 2000-yili Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Nodir Otajonov 1993—2007-yillarda O‘zbekiston Moliya vazirligi tizimida mehnat qilgan. 2007—2010-yillarda “O‘zavtosanoat-lizing” kompaniyasiga rahbarlik qilgan. 2010-yil sentabrida “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” lizing kompaniyasiga, 2016-yil noyabrida esa “O‘zagrosanoatxolding” tarkibida qayta tashkil etilgan “O‘zagrolizing” kompaniyasiga rahbar etib tayinlangan edi.
Izoh (0)