“Qishloq qurilish bank” tomonidan Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Mirobod dehqon bozori hududida naqd pul olish imkoniyatini beruvchi bankomat joylashtirildi. Bu haqda bank axborot xizmatiga tayanib, “1news.uz” xabar berdi.
Poytaxtdagi Mirobod dehqon bozori hududida joriy yilning 14-avgust kunidan sinov tariqasida naqd pul olish imkonini beruvchi tegishli dasturlar o‘rnatilgan bankomat ishga tushirildi.
Endilikda mazkur bankomat orqali bir kunda bitta plastik kartadan jami 100 ming so‘mgacha bo‘lgan naqd pul yechib olinishi mumkin bo‘ladi. Bankomatga 1 000, 5 000 va 10 000 so‘mlik kupyuralar joylashtirilgan. Plastik kartadan naqd pul yechib olish jarayoni uchun taxminan 1,5—2 daqiqa sarflanadi.
Yuqoridagi bank xizmati uchun plastik karta egasidan komissiya to‘lovlari undirilmaydi. Bankomatlar Uzcard tizimiga ulangan istalgan bank plastik kartasini qabul qiladi.
Izoh (0)