Braziliya shimolidagi Para shtatida 70 kishini olib ketayotgan qayiq halokatga uchradi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Voqea oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Ular orasida ikki bola bor.
Qayiqning 25 yo‘lovchisi qutqarib olindi. Qolganlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Voqea joyida politsiya va qutqaruvchilar ishlamoqda.
Izoh (0)