O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Bekobod shahriga tashrifi davomida shahardagi “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘iniga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Davlatimiz rahbari mahalla ahli bilan muloqot qilib, hududdagi ‘Metallurg-madad’ xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati bilan tanishdi”, — deyiladi agentlik axborotida.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurgani, safarni “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” faoliyati bilan tanishishdan boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurdi
Izoh (0)