Bangladesh tashqi ishlar vaziri Shahriyor Alam boshchiligidagi delegatsiyaning 2017-yil 18-avgustga belgilangan O‘zbekistonga tashrifi o‘zaro kelishuvga ko‘ra keyinroq muddatga qoldirildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bangladesh delegatsiyasining tashrifi doirasida Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar va Tashqi savdo vazirliklari, Savdo-sanoat palatasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgandi.
Tashrifning aniq sanasi diplomatik kanallar orqali belgilanadi.
Izoh (0)