O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga muvofiq, Sohib Saifnazarov Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Sohib Saifnazarov shu munosabat bilan Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar u “Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari bo‘lib ishlab kelgandi.
Izoh (0)