• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Uyimni sotib, pulini Ahmadboyga bergandim. Endi ijarada yuribman”. Ahmadboydan jabrlanganlarning ko‘rsatmalari

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida Ahmadjon Tursunboyev (Ahmadboy) hamda uning olti nafar sherigi gumondor sifatida ko‘rilayotgan ish bo‘yicha sud eshituvi davom etmoqda. Bu haqda UZ24 ma’lum qildi.

    Kadr: “Toshkent” telekanali

    Kadr: “Toshkent” telekanali

    Sud Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudidasida Tursunboyev tashkil etgan “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” firmalari faoliyatidan zarar ko‘rgan 9 nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmalari tinglandi.

    T. Fazliddinov: “Yashab turgan uyimni sotib, pulini Ahmadboyga bergandim”

    — 1988-yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilganman. Oilaliman, ikki nafar farzandim bor. Ahmadboy haqida eshitib kelardim, lekin 4 yil mobaynida ishonmagandim. Atrofimdagilar, tanish-bilishlarim u haqida ko‘p gapiravergach, men ham pul topshirishga qaror qilgandim. 2016-yil 14-iyun kuni yashab turgan uyimni sotib, 24,5 ming dollarni Ahmadboyga o‘z qo‘lim bilan oborib bergandim.

    Ertasiga, ya’ni 15-iyun kuni Ahmadboy qo‘lga olindi, degan xabar tarqaldi. Ular pulimni 62 ming dollar qilib qaytarishni aytishgandi. Hozirda oilam bilan Yangiyo‘l shahrida ijarama-ijara yashab yuribman.

    E. Ataxadjayev: “Kartoshka ekib, bankrot bo‘lgandim”

    — Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida yashayman. 2015-yili dalaga kartoshka ekib, bankrot bo‘ldim. O‘sha yili kartoshka juda arzon bo‘lib ketdi, sarflagan xarajatimni qoplay olmadim. Shundan keyin Ahmadboy haqida, u berilgan pullarni ortig‘i bilan qaytarishi haqida eshitib qoldim. 2016-yil iyun oyida qaynotamning Lacetti rusumli mashinasini sotib, 5 ming dollarni Ahmadboyga olib borib berdim. Ular 5 mingni 10 oyda 12 ming qilib beramiz, deyishgandi. Hali bir marta ham pulimni olmasimdan, Ahmadboy ushlandi.

    S. Safarova: “Yetti bosh mol, Matiz, tilla taqinchoqlarimni olib ketdi”

    — Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida yashayman. Uyda 7 bosh qoramol boqardim. Bir kuni Baxt ismli yigit mahallamizga kelib, agar pullaringizni, mollaringni Ahmadboyga topshirsangiz, sizlarga ko‘paytirib qaytaradi, degan gaplarni aytdi. Men unga ishondim va qoramollarni topshirdim. Yana bir kun kelib, hovlida turgan Matiz avtomobilini ham topshirishimni aytdi. Mashinaga qo‘shib tilla taqinchoqlarimni ham 6 ming dollarga baholab, o‘zi olib chiqib ketdi. Mening ortimdan qizim ham ikki bosh qoramoli, tillalari, sotgan uyining pulini o‘sha yigitga topshirdi. Mana endi hech nimasiz qoldik...

    K. Rahimov: “Ahmadboyning ofisini bankka o‘xshatdim”

    — Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Xalqobod qo‘rg‘onida hovlim bor, u yerda qo‘y boqardim. Bir kuni Dilmurod ismli bola kelib, qo‘ylarimni yanada ko‘paytirib berishni va’da qilib, 11 ta qo‘yni olib ketdi. Avvaliga ishonqiramay, qo‘y boqiladigan joylarni o‘z ko‘zim bilan borib ko‘rib keldim. Hammasi badastr, joyida edi. Keyin Ahmadboyning Chinozdagi ofisiga ham bordim, u yerda bir necha kassalar qilib qo‘yilgan, odamlar kirib-chiqib, kelib-ketyapti ekan. Men u yerni bankka o‘xshatdim. Barcha sharoitlar yaratilgan edi, har qanday odam qonuniyligiga ishonadigan darajada edi.

    Qo‘limda 700 dollar bor edi, uni topshirdim, qo‘limga chekka o‘xshash qog‘oz berishdi va har oyda pulingizni foizi bilan olasiz, deyishdi. Shunda keyin ishonchim yanada ortib, 3 ming dollarni yana olib borib berdim. O‘shanda 2016-yil aprel-may oylari edi. Biroq iyun oyi o‘rtalarida Ahmadboy qo‘lga olindi-yu, qo‘y va pullarimni qaytarib ololmadim.

    Ahmedova: “Erimning operatsiyasiga pul kerak edi, majburlikdan uyimni sotdim”

    — Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida yashayman. 2-guruh nogironiman, 3 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im og‘ir betob bo‘lib qoldi, ularni Hindistonda operatsiya qildirmoqchi edik. O‘shanda pul zarur bo‘lgani uchun uyimizni 18 ming dollarga sotdik. Lekin bizga bu pul operatsiya uchun kamlik qilishi, jami 25-30 ming dollar kerakligini aytishdi. Shu paytlarda (2016-yil) bozorda odamlardan Ahmadboy haqida eshitib qoldim.

    Unga pulingni bersang, senga ikki barobar qilib qaytaradi, deyishdi. Odamlarning gapiga ishonib, Ahmadboyni qidirib Chinozga bordik. U yerda odamlar juda ko‘p edi, uzun navbatlar bor edi. Men bir ayolni to‘xtatib, “bu kishi ishonchlimi, aldamaydimi”, deb so‘radim. U esa ishonchli deb tasdiqladi. Shuningdek, inkassatsiya mashinasi ham kirib-chiqib yurganini ko‘rdim. Shunda men demak, ishonchli ekan, davlatga soliq to‘lar ekan deb o‘yladim.

    O‘zi bilan uchrashmoqchi edim, biroq meni qo‘yishmadi. Shundan keyin Olmos degan kishiga uchradik. U bilan erim chiqisha olmadi, keyin Murodjon degan yigitga uchradik (Shu payt guvohdan sudlanuvchilar ichida Olmos va Murod ismli shaxslar bormi deb so‘raldi, guvoh ularni ko‘rsatdi) va unga 16,5 ming dollar berdik. Shundan so‘ng bir martagina 2 700 dollar oldik, Ahmadboy qo‘lga olingach, qolgan 13,800 dollar pulimizni ololmadik. Sudlanuvchilardan da’voim yo‘q, pullarim qaytarib berilsa bo‘ldi.

    T. Shodiyev: “Rossiyada ishlayotgan qayniukam yuborgan pullarini berib yubordim”

    — Sirdaryo viloyatida yashayman. 2016-yil fevral oyida Toshkentga kelganimda Ahmadboy haqida eshitib qoldim. Ayolim bilan maslahatlashib unga pul topshirmoqchi bo‘ldik. Rossiyada ishlayotgan qayniukam pullarini bizga jo‘natardi, shu pullardan 2 700 dollarni Ahmadboyga topshirdim. Ofisga borsak, bir necha kassalar bor ekan, bizni 1-kassada qabul qilishdi va 10 oyga deb bersangiz, pulingizga 10 foiz qo‘shiladi, deyishdi. 76/42 raqam bilan daftarga qayd qildi. Birinchi pulimni 20 iyulda olishim kerak edi, lekin Ahmadboy 15-iyunda ushlandi...

    17.08.2017, 12:13   Izoh (0)   81690
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yashnobodda Istanbulga chipta uchun 9 mln so‘m olgan firibgarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘aldi

    17.08.2017, 11:25

    Bangladesh tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    17.08.2017, 10:52

    Soliq qo‘mitasi ijtimoiy sug‘urta badalidan qarzdor san’atkorlar ro‘yxatini ma’lum qildi

    17.08.2017, 10:47

    LG OLED-televizori yana EISA nufuzli mukofotini qo‘lga kiritdi

    17.08.2017, 10:00

    Shavkat Mirziyoyev bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olish bo‘yicha dastur tayyorlashga ko‘rsatma berdi

    17.08.2017, 09:53

    Asakadagi “Otalar choyxonasi”da qimorbozlar qo‘lga olindi

    17.08.2017, 09:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi klinikada 9 yoshli bola burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 15:53

    Dunyoda har 4 kishidan biri toza ichimlik suvi yetishmovchiligidan aziyat chekadi — BMT hisoboti

    Dunyo | 26 avgust, 15:45

    Saudiya Arabistonidagi deportatsiya markazida saqlanayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 15:30

    Vizasiz rejim, ekstraditsiya, oliy ta’limda hamkorlik: O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 15:29

    O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 26 avgust, 15:18

    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi

    Reklama | 26 avgust, 13:30

    Mashhurlik cho‘qqisida kinoni tark etgan Gollivud yulduzlari

    Shou-biznes | 26 avgust, 15:10

    O‘zbekistonda ishsizlar kasb va xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 14:55

    Xitoy paradda AQSHga zarba bera oladigan qurollarini ko‘rsatadi

    Dunyo | 26 avgust, 14:45

    Issiq ob-havo qarish jarayonini tezlashtiradi — tadqiqot

    Ilm-fan | 26 avgust, 14:30

    Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonidagi faoliyati: hujumchi sovrinlarni pulga almashtirdimi?

    Sport | 26 avgust, 14:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.