Myunxenlik Benjamin Devid ishga mashinada, velosipedda, avtobusda yoki piyoda yetib borishi ham mumkin, ammo u u yerga Izar daryosi bo‘ylab suzib boradi, deb yozadi Afisha Daily.
Pivo restoranlaridan birining oddiy ishchisi tirbandliklar tufayli yo‘lga juda ko‘p vaqt sarflayotgan bir paytda, ishga boradigan transportini o‘zgartirib, daryo orqali suzib borishga qaror qildi.
“Bu odamni tetiklashtiradi, ustiga-ustak, eng tez usul. Men ishga velosipedda ham, avtobusda ham, mashinada ham borib ko‘rganman, bularning barchasi ancha ko‘proq vaqtni oladi. Bugun oqim yetarlicha kuchli bo‘lgani sababli, ishga bor-yo‘g‘i 12 daqiqada yetib keldim”, — dedi Devid.
Ammo uyga qaytishda oqimga qarshi suzishga to‘g‘ri keladi, shu tufayli orqaga qaytishda Devid quruqlikni tanlashiga to‘g‘ri keladi, shuningdek, qishda ham bu usul ish bermaydi.
Buyumlarini quruq saqlash uchun erkak suv o‘tkazmaydigan sumka sotib oldi, unga ish kiyimlari va noutbuki bemalol sig‘adi.
Izoh (0)