“Zvezda” telekanalida efirga uzatiladigan “Kun yangiliklari” ko‘rsatuvining boshlovchisi Denis Kochanov o‘z ko‘rsatuvining to‘g‘ridan to‘g‘ri efiri yakunida yaxshi ko‘rgan qizining qo‘lini so‘radi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Jurnalistning ta’kidlashicha, ijobiy yangiliklar yetmayotgani sabab, o‘zi shu kabi yangilik “qo‘shishga” qaror qilgan. Shuningdek, u teletomoshabinlardan ham o‘zini qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ragan.
“Bugun men to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali butun mamlakat oldida sevgan qizimning qo‘lini so‘ramoqchiman, bilaman, u meni tomosha qilyapti. Margarita Stepanova menga turmushga chiqasanmi?” — deya Denis tiz cho‘kkan holda uzuk solingan qutichani ochdi.
“Javobingni kutaman. ‘Ha’ deb javob berishingga umid qilaman”, — deya qo‘shimcha qildi Kochanov.
Keyinroq, teleboshlovchining sevgilisi Instagram orqali Denisga rozilik bildirganini ma’lum qildi.
Izoh (0)