Xalq banki Toshkentdagi Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlarida bankomatlar o‘rnatdi. Dushanba kunidan boshlab mazkur bankomatlardan plastik kartadagi pulni naqdlashtirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Bankning axborot xizmatiga tayanib, xabar berilishicha, bitta kartadan bir kunda 100 ming so‘mgacha pulni naqdlashtirish mumkin.
Bankomatlar bozorlar hududida joylashgani sababli ulardan faqat bozorning ish vaqti davomida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Xalq bankining ma’lum qilishicha, bankomatlar sonining jamoat joylarida doimiy ravishda oshirib borilishi rejalashtirilmoqda va ular kun-u tun ishlaydi.
Iyul oyining oxirida Markaziy bank rahbariyati yaqin vaqt ichida mamlakatda pulni naqdlashtirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida ma’lum qilgan.
Izoh (0)