Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyat IIBning xabar berishicha, 2017-yil 9-avgust kuni soat 17:00 da Andijon tumanida o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida Yorboshi qishloq fuqarolar yig‘ini hududida yo‘lning chetida turgan fuqaro o‘zini shubhali tutganligi uchun IIB xodimlari uning hujjatlarini so‘ragan.

Foto: Andijon viloyti IIB

Foto: Andijon viloyti IIB

Shunda fuqaro qo‘lidagi polietilen paketni tashlab qochmoqchi bo‘lgan. IIB xodimlari fuqaroni ushlab, shaxsiga aniqlik kiritgan. U Izboskan tumanida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan M.J. bo‘lib chiqdi.

Uning yonidagi polietilen paket ko‘zdan kechirilganida, jami og‘irligi 1,574 kilogramm marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirgi vaqtda Andijon tuman IIB tergovga qadar tekshiruvni olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...
Texnologiyalar
ChatGPT’da yangi funksiya paydo bo‘ldi
Sport
Rasman: Angelos Postekoglu “Tottenhem” bosh murabbiyi