2012-yili Argentinada dunyodagi eng katta dinozavr qoldiqlari topilgan edi. Olimlar qoldiqlarni sinchiklab o‘rganib chiqib, tadqiqot natijalarini Proceedings of the Royal Society B jurnalida e’lon qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Suyak tahlillari o‘rganilgan individlar hali maksimal darajada o‘smaganini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilar ushbu dinozavrlar tashnalikdan halok bo‘lganini taxmin qilmoqda. Dinozavrlar suv havzalari oldida to‘plangan, ammo qurg‘oqchilik yillarida suv bo‘lmagani bois ular halok bo‘lgan, qoldiqlari esa sohilda qolgan. O‘laksaxo‘r dinozavrlar esa ularning qoldiqlarini iste’mol qilish paytida suyaklarini bosib, yerga kirgizib yuborgan, buning natijasida suyaklar ancha yaxshi saqlangan.
Patagotitan mayorum, Argentinadan topilgan boshqa bir qator turlar singari, titanozavrlar guruhiga mansubdir. Yura va bo‘r asrida titanozavrlar Yerning Antarktidadan boshqa barcha qit’atalarida yashagan.
Izoh (0)