Santa-Barbaradagi Kaliforniya universiteti jamoasi Computational Zoom texnologiyasini ishlab chiqdi, deb yozadi “Naukatv.ru”. U kadr olinganidan keyin suratlar kompozitsiyasini boshqarish imkonini beradi.
Oddiy suratga olish jarayonida fotosuratchi suratning kompozitsiyasini qat’iy belgilab qo‘yishi kerak — uni keyingi ishlov berish bosqichida to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Computational Zoom deb nom olgan tizim aynan shu muammoni hal qiladi. U tahrirlash chog‘ida kadrdagi obyektlar hajmi va pozitsiyasini boshqarish imkonini beradi: fotosuratchilar, masalan, keng burchakli va teleobyektiv perspektivalarni bitta multiperspektiv tasvirga birlashtira oladi.
Bunday kadrni yasash uchun fotosuratchi kamera bilan sahnaga tobora yaqinlashgan holda ketma-ket suratlar olishi kerak — algoritmlar o‘tkirlik (rezkost) chuqurligi xaritasini tuzadi, so‘ng esa barcha tasvirlarni yagona suratga birlashtiradi.
Izoh (0)