Toshkentning Yunusobod tumanida uyida fohishaxona tashkil etgan erkak ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti ma’lum qildi.
“1-avgust kuni taxminan soat 17:30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam sudlangan Risqiboyev Mahmud Mahkamovich Yunusobod tumani, 12-mavze, 20-uy, 3-xonadonda fohishaxona saqlab, 100 ming so‘m pul evaziga fuqaro F. va D.larga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi”, — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)