Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidan o‘tgan “Baliqchi — Cho‘lponota — Qorako‘l” yo‘lida 3-avgust kuni O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan edi.
Baxtsiz hodisa oqibatida O‘zbekistonning olti fuqarosi (ularning uch nafari bolalar) shikastlangan; 11 yoshli Igor Orlov esa jarrohlik amaliyotiga muhtoj ekani aytilmoqda, qolganlarning ahvoli barqaror.
Jabrlanuvchilarning bari 5-avgust kuni erta tongda Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus aviaborti bilan Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidan Toshkentga olib kelindi. “O‘zbekiston 24” telekanali mazkur jarayondan reportaj tayyorladi.
Izoh (0)