O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda, “Postda” gazetasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Polkovnik Zohid Mamadaliyev Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Rustam Yusupov Navoiy viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Qodir Botirov esa Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangan.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati Zangiota tumani IIBga yangi boshliq — podpolkovnik Shuhrat Norpo‘latov tayinlangan. Iyul oyi oxirida mazkur tuman IIB rahbari hududning boshqa rahbar shaxslari bilan birga lavozimidan ozod etilgan edi.
Izoh (0)