Turkiya va Avstraliya Sidneydan uchib chiqayotgan samolyotda terakt tayyorlanishi bilan bog‘liq ish yuzasidan qo‘shma tergov boshladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, terakt uchun Turkiyadan Avstraliyaga yetkazilgan portlovchi moddadan foydalanish rejalashtirilgan.
“Bu axborot olinganidan so‘ng biz darhol Avstraliya rasmiylari bilan bog‘landik va qo‘shma tergov boshlandik”, — ma’lum qildi Turkiya huquq-tartibot organlari vakillari.
Tergov portlovchi moddalarning manbaini aniqlash maqsadida olib borilmoqda.
Tergov natijalari keng jamoatchilikka ma’lum qilinadi.
Izoh (0)