Kecha — 5-avgust kuni Germaniya Superkubogi uchun bellashuv o‘tkazilib, unda Bundesliga g‘olibi “Bavariya” mamlakat kubogi sohibi hisoblangan Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi maydonga chiqdi.
Uchrashuvga Dortmunddagi “Signal Iduna Park” stadioni mezbonlik qildi. Bungacha “Bavariya” asosiy tarkibining 7 nafar a’zosi Superkubokda maydonga tusha olmasligi aytilgandi.
Shunga qaramay, Karlo Anchelotti boshqarayotgan “Bavariya” o‘z irodasini namoyish qilib, o‘yin asosiy vaqti yakuniga 1 daqiqa qolganida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Mezbonlar ikki bor oldinga chiqib olishni uddalagan bo‘lsa-da, yakunda g‘alabani saqlab qola olmadi.
Reglamentga ko‘ra, qo‘shimcha daqiqalar belgilanmadi va darhol penaltilar seriyasiga navbat berildi. Dortmundliklardan Sebastyan Rode hamda Mark Bartra tomonidan berilgan zarbalarni Noyerning o‘rinbosari hisoblangan Sven Ulrayx qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Shu kuni avtogol yozilgan darvozabon Roman Byurki esa “Bavariya” futbolchilaridan faqatgina Joshua Kimmixning zarbasini bartaraf qildi.
Bunga qadar Myunxen klubida ishlagan xorijlik murabbiylardan hech biri ketma-ket ikki bor Superkubokda zafar qucha olmagandi. Karlo Anchelotti bu borada birinchi bo‘ldi.
Germaniya Superkubogi Dortmund, Germaniya 5-avgust, shanba
Izoh (0)