• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi: tahlil, tanqid, munosabat

    O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev agentlik bundan buyon ommaviy axborot vositalari o‘zbek ma’naviyatiga zid bo‘lgan materiallarni tarqatishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan edi. Quyida ayrim noxush holatlar tanqid ostiga olindi.

    Ommaviy axborot vositasi – jamiyat ko‘zgusi, millatning yuzi. Uning zimmasida keng jamoatchilikni fikrlashga chorlash, tarbiyalash, dunyoqarashni boyitishdek mas’uliyat turadi. Biroq afsuski, so‘nggi yillarda respublika matbuot va ommaviy axborot vositalari monitoringi ba’zi tahririyatlarda bu mas’uliyat tobora susayib ketayotgani, ular faoliyatida qator kamchilik va qonunbuzilish holatlarining sodir etilishi muntazamlik kasb etayotganini ko‘rsatmoqda.

    Qonunbuzilishlar yuzasidan tahririyatlar va muassislarga nisbatan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’sir choralaridan tegishli xulosa chiqarmaslik, ularga yaratib berilayotgan imkoniyat va erkinlikni suiste’mol qilish oqibatida ko‘plab taqdimnoma va ko‘rsatmalar qog‘ozda qolib ketishi, natijada tahririyatlar faoliyatidagi xato va kamchiliklar takror-takror sodir etilishi aniqlanmoqda.

    Mazkur holatga jamoatchilik e’tiborini qaratish, bir tahririyatda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlikning boshqa tahririyatda sodir etilishini to‘xtatish va kelgusida ularning oldini olish maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi matbuot va ommaviy axborot vositalari faoliyatida aniqlangan salbiy holatlar haqida o‘z saytida maqolalar e’lon qilib, ularni keltirib chiqargan omillarni jiddiy tanqidiy tahlil etib, bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar, amaliy yo‘riq va ko‘rsatmalar berib borishga qaror qildi.

    Yuqorida qayd etilgan noxush holatlarni yuzaga keltiruvchi qonunbuzilishlarga chek qo‘yish maqsadida birgina 2017-yilning o‘tgan yetti oyi davomida Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalariga 100 dan ortiq, nashriyot va matbaa korxonalariga 70 ga yaqin ta’sir choralari qo‘llanildi. Biroq, ayrim turdagi qonunbuzilish holatlari borki, ta’kidlanganidek, ularga jamoatchilik e’tibori o‘z vaqtida qaratilmasa, “kasallik” boshqa nashrlarga ham yuqishi, “tadbirkorman-ku, jurnalist emasman, faoliyatimda kamchiliklarga yo‘l qo‘ysam ham bo‘laveradi” qabilida ish tutish holatlariga faqat qog‘oz orqali chora qo‘llash, ertangi kun yoshlarining, qolaversa, jamiyatning og‘rig‘iga aylanishi mumkin.

    Teleradio dasturlari, matbuot sahifalarida asosan G‘arb san’atkorlarining qo‘shtirnoq ichidagi ishqiy hayotini muntazam yoritayotgan, ularda oilaviy qo‘nimsizlik, juftlarning bir-biriga xiyonati, nikohsiz turmush singari illatlarni oddiy hol sifatida tasvirlayotgan axborot vositalari afsuski yo‘q emas. Odamlarni shu kabi “sahnalar” bilan o‘ziga jalb qilishga o‘rganib qolgan tadbirkorlarga Agentlik tomonidan bir necha marotaba ogohlantirish kiritilsa-da, ular o‘z faoliyatiga tanqidiy yondashib, xulosa chiqarish, tahririyatlar ishiga ma’naviy yetuk, ziyoli, har jihatdan ibratli, hayotiy va kasbiy tajribaga ega ijodkorlardan iborat mutaxassilarni jalb qilish va shu orqali ma’naviyatni targ‘ib qilishni yo‘lga qo‘yish o‘rniga salbiy holatlarni targ‘ib etishda davom etib kelmoqda. Bugungi achchiq bo‘lsa-da, o‘rnak vazifasini o‘tashiga umid qilib qo‘l urgan mavzuimizda ana shular haqida so‘z yuritamiz.

    O‘zining ko‘p sonli o‘quvchilariga ega bo‘lgan “Kelinchak”, “Humo” jurnallari, “Otdoxnem!” gazetasida xorij san’atkorlari hayotiga doir yangiliklar muntazam berib borilgan va ularda urg‘u ko‘pxotinlik, ko‘perlik, fuqarolik nikohi kabi salbiy illatlarga qaratilgan. Jumladan, “Humo” jurnalida o‘quvchida an’anaviy oilaga xos turmush-tarziga nisbatan hurmatsizlik, befarqlik uyg‘otishi mumkin bo‘lgan “Жизель Бундхен ждет третьего ребенка?”, “Беспросветный туман и озарение”, “Ирина Понаровская – леди Совершенство”, “Королева Голливуда. Два лица Элизабет Тейлор” kabi materiallar chop etilgan.

    “Otdoxnem!” gazetasida “Надя Ручка: “Чем сильнее человек, тем сильнее его слабости” sarlavhali materialda qo‘shiqchi Nadejda Ruchkaning nikohsiz ishqiy munosabatlari yoritilgan: “Да я никогда не стремилась к браку. Мне даже казалось, что это тюрьма, где тебя посадят на цепь и заставят варить борщ”, hamda “Ben Afflek: Я всегда был легкой добычей для остряков” sarlavhali materialda aktyor Ben Afflek oilali bo‘la turib ishqiy aloqada bo‘lgani “Когда Дженнифер Гарнер подала на развод, никто не сомневался, что назад пути нет  - ведь Бен Эффлек закрутил интрижку с няней собственных детей, да еще чуть ли не в их присутствии...” deya, ochiq namoyon qilinadi.

    Сиенна Миллер: Тяжело быть одинокой мамой, но я счастлива “, “Эмма Стоун: В награду я получила уникальную стойкость и запас жизненных сил”, “Милла Йовович: Дом и материнство – мои главные радости теперь” sarlavhali materiallarda g‘arblik mashhur san’at namoyandalarining shaxsiy hayotiga doir, yoshlarni yo‘ldan ozdiradigan jihatlar badiiy bo‘yoqdorlik bilan yoritilgan. “Неудачное свидание” materialida esa pul uchun tanani sotishdek tubanlik ijobiy fazilat deya bayon etiladi.

    Bu kabi materiallar jamiyatimiz an’analarini yemirishi, oila atalmish muqaddas qadriyatga putur yetkazishi, barqaror ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, bir so‘z bilan aytganda, “ommaviy madaniyat” niqobidagi qora kuchlarning tegirmoniga suv quyayotganini nahot tahririyatdagi mas’ul xodimlar, muharrirlar tushunib yetmasa?!

    Qolaversa, nashrda e’lon qilinayotgan boshqotirmalarda ham muntazam ravishda alkogol va tamaki mahsulotlaridan savol sifatida foydalanish holatlari kuzatilgan. Jumladan, skanvordlarda “Разбавитель спирта”, “Пиво по домашнему”, “Мерная доза спиртного на дорожку”, “Махорка”, “Пальмовая водка”, “Сорт выдержанного крепкого алкоголя ”, “Табак по-простому”, “Водка в Акапулько”, “Красное вино” kabi savollar berilgan.

    “Kelinchak” jurnalida “Yigit iztirobi” sarlavhali qissa e’lon qilingan bo‘lib, unda talaba yigit va qizning o‘zaro nikohsiz hayot kechirishi, behayo sahnalar, ommaviy madaniyat va yevropacha turmush tarzini targ‘ib qiluvchi lavhalar mavjud. Qissadagi milliy qadriyat va urf-odatlarimizning qahramon tilidan qoloqlik, eskilik sarqiti sifatida tasvirlanishi o‘quvchida yevropacha dunyoqarash va turmush tarziga havas, aksincha, milliy qadriyatlarimizga nisbatan bepisandlik, loqaydlikni shakllantirishi mumkinligini e’tiborga olish lozim.

    Shuningdek, jurnalda “Biz bilgan va bilmagan Pushkin” sarlavhali material chop etilgan. Unda rus shoiri A.S.Pushkin va uning ayollarga nisbatan munosabati tasvirlanib, ayrim buzuqlik, xotinbozlik, nikohsiz turmush va xiyonatni targ‘ib qiluvchi sahnalar tahrirsiz e’lon qilingan. Jumladan: “...Shoirning aksariyat sarguzashtlari o‘tkinchi edi. Ammo o‘rtaga muhabbat aralashsa bormi, shoir uchun ma’shuqasiga jisman erishishi shart bo‘lar edi... Pushkin kutilmaganda jo‘sh uradigan hissiyotlarini tabiati yengil ayollar bilan qondirishga ham o‘rgangandi...

    ...Bu beva xonim Pushkinni o‘qishdan haydalishidan asrab qolgan direktorga qarindosh bo‘lardi. Ular deyarli har kecha yashirincha birga bo‘lishar va bu lazzat onlari o‘spiringagina emas, tul xotinga ham yoqib tushardiki, u buning har kecha takrorlanishini istardi”.

    Jurnalning qiz-juvonlar auditoriyasiga mo‘ljallangani, yosh kelinlar uchun turli foydali tavsiya va maslahatlar, oilani mustahkamlash, nikoh, er-xotin sadoqatining muqaddasligi, milliy, umuminsoniy ezgu qadriyatlarni targ‘ib qilish o‘rniga tiyiqsiz ishqiy hayot, jazmanbozlik, to‘shak sahnalari bilan bog‘liq yengil-yelpi turmush tarzining izchil chop etilishi yoshlar odob-axloqi, ijtimoiy dunyoqarashiga salbiy ta’sir qilishi, shubhasiz.

    Qonunbuzarlik holatlariga ana shunday bepisandlik bilan qarayotgan nashrlardan yana biri “Oltin asr” jurnalidir. Nashrning ta’sis hujjatlarida ixtisoslashuvi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, huquqiy ekani ko‘rsatilgan. Biroq, jurnalda berilgan ko‘plab materiallarda “Oltin asr” huquqiy jurnali tarzida ma’lumotlar keltirilgan. Jurnalga huquqiy deya zo‘r berishga urinishdan maqsad nima?

    Ushbu “huquqiy” jurnal mualliflik huquqi me’yorlariga rioya qilmaslik, til qoidalarini qo‘pol ravishda buzish bo‘yicha “rekordchi” nashrlardan biridir. Xususan, nashrning 1-sonida o‘ndan ortiq material O‘zbekiston milliy axborot agentligidan ko‘chirilganu asl manbasi ko‘rsatilmagan. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qaror, farmonlari nomi va normalarini buzib ko‘rsatish holatlari bo‘yicha ham “yetakchi” bo‘lgan bu nashr sahifalarida sanoqsiz imloviy va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan.

    Bundan tashqari, jurnalda sondan-songa maqolalar sarlavhasi takrorlangan. Jurnal respublika miqyosidagi nashr hisoblanadi. Ammo unda chop etilayotgan bir qator maqolalarda material qaysi tuman yoki viloyatga mansubligi qayd etilmagan, mahalla yoki maktab nomi ko‘rsatilgan xolos.

    Jurnaldagi aksar maqolalarda me’yoridan ziyod xushomad, madhu maqtovlar bayon etilgan, minnatdorliklar bildirilgan. Har bir sonida qariyb 10 dan ziyod maqolada qahramonlar nomidan “hojilik martabasiga ega bo‘ldim” deya o‘zini o‘zi maqtashga e’tibor qaratilgan.

    Bunday holatlarni respublika teleradiokanallari faoliyatida ham kuzatish mumkin. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi “Denov-ATR”, Buxoro viloyatidagi “G‘ijduvon-TV”, Jizzax viloyatidagi “Jizzax TV2” telekanallari, Andijon viloyatidagi “Diydor FM” radiokanali, “Taraqqiyot” telekanali faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 6-moddasi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonuni 5-moddasi doimiy qo‘pol ravishda buzib kelinayotgani mazkur ommaviy axborot vositalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi, degan xulosani uyg‘otadi.

    Nomlari keltirilgan tele va radiokanallar faoliyatida “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunning so‘nggi yillar davomida qayta-qayta qo‘pol ravishda buzib kelinishi, Agentlik tomonidan yuborilayotgan ogohlantirishlar, taqdimnomalar kor qilmasligi, yoshlarga raqsbop tarona-yu, ko‘ngilochar filmlarni qo‘yib eshittirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish niqobi ostida madaniyatsizlikni targ‘ib qilish, shahvoniy tuyg‘ularga erk berish kabi holatlarga tomoshabin bo‘lib qarab turib bo‘lmaydi, albatta.

    Afsuski, bunday holat nafaqat ommaviy axborot vositalari faoliyatida, balki nashriyotlar faoliyatida ham kuzatilayotgani achinarlidir.

    Yuqoridagi holatlar yuzasidan Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar muassislariga belgilangan tartibda choralar qo‘llanildi. Biroq, bemaza qovunning urug‘i ko‘p bo‘ladi, deganidek birini eplasang, ikkinchisi ish ko‘rsatib turadi. Shuning uchun biz o‘z iste’molchisi — obunachisiga pulini olib sifatsiz “mahsulot” berayotgan bunday gazeta-jurnallar, nashriyotlarning asl basharasini ochib tashlab, xalq hukmiga havola qilib boraveramiz.

    O‘zbekiston Matbuot va Axborot agentligi ayrim nashrlarning kamchiliklari yuzasidan munosabat bildirdi. Zero, kuni kecha respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan uchrashuvidagi ma’ruzasida ham, bugungi kunda yengil-yelpi kitoblar, sayoz, oldi-qochdi gazeta-jurnallar, tele-radio stansiyalar ko‘payib borayotgani keskin tanqid qilindi. Bundan har birimiz teshishli va zarur xulosalarni chiqarib olishimiz shart. Bugungi kunda yurtimiz, xalqimiz oldida ommaviy axborot vositalarining sha’ni va qadrini, jurnalist, ziyoli degan sharafli nomni oqlash, unga munosib bo‘lish har bir ijodkorning yuksak mas’uliyati va vijdon ishi bo‘lmog‘i lozim.

    05.08.2017, 15:49   Izoh (0)   10191
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bektemirda 100 grammdan ortiq marixuana saqlagan shaxs qo‘lga olindi

    05.08.2017, 15:25

    3-avgust kuni Toshkentda sodir bo‘lgan 8 ta YTH oqibatida 10 kishi jarohatlandi

    05.08.2017, 15:08

    O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi: Ma’naviyatga zarar yetkazganlarni ayamaymiz

    05.08.2017, 14:36

    Shavkat Mirziyoyev Investitsiya dasturini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi

    05.08.2017, 13:59

    Abdulaziz Komilov Yaponiyaning yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziriga tabrik yo‘lladi

    05.08.2017, 12:12

    Rustam Sulaymonov Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

    05.08.2017, 11:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.