7–23-avgust kunlari 7346 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Ziyoratchilarga safar oldidan O‘zbekiston davlat ramzlari tushirilgan maxsus kiyim va sumkalar, haj qo‘llanmasi va videotasmalar taqdim etildi. Barcha ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur vaksinalar bilan emlanganlar.
Ziyoratchilar uchun tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida 28-iyul kuni o‘n kishidan iborat dastlabki ishchi guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘natab ketdi. Hojilar uchun Makka va Madina shaharlarida mehmonxonalardan joylar ajratilgan. Ziyoratchilarga transport, oziq-ovqat ta’minoti va tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi. Mehmonxonada maxsus jihozlangan oshxona hamda tibbiyot markazi tashkil etilgan.
7-avgust, dushanba kuni ikkita aviareysda Toshkent va Namangan shahridan 459 nafar ziyoratchilar Madina shahriga kuzatiladi.
Izoh (0)