Yaponiya imperatori Akixito bosh vazir Sindzo Abe tomonidan taqdim etilgan vazirlar mahkamasi tarkibini rasman tasdiqladi. Tantanali marosim Tokiodagi imperatorlik saroyida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
Yaponiya konstitutsiyasiga muvofiq, imperator vazirlarni hukumat rahbari taqdimiga binoan tasdiqlaydi.
Yaponiya vazirlar mahkamasining 19 vaziridan besh nafarigina yangi tarkibda o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Ular orasida Sindzo Abening yaqin safdoshlari bor — bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga, iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Xirosige Seko.
Izoh (0)