Albaniya bosh vaziri Edi Rama o‘zining oq krossovkalari sabab AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens bilan suratga tusha olmadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
E’lon qilingan rasmiy suratda Pens Chernogoriya, Makedoniya, Bosniya va Gersegovina, Sloveniya, Xorvatiya, Serbiya, Kosovo bosh vazirlari bilan birga turganini ko‘rish mumkin.
Suratda Albaniya bosh vaziri yo‘q. Adriaktika xartiyasi mamlakatlari bosh vazirlari uchrashuvidan olingan boshqa suratlarda Albaniya bosh vaziri tadbirga oq krossovkada kelganini ko‘rish mumkin.
Albaniyaning sobiq prezidenti Sali Berishaning so‘zlariga ko‘ra, Rama klassik kostyum-shim kiyib kelganiga qaramay, oyog‘ida oq krossovka bo‘lgani sababli ham boshqa mamlakatlarning hukumat rahbarlari bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha suratga tushishga qo‘yilmagan.
Kuzatuvchilarning qayd etishicha, Rama tashqi ko‘rinishi bilan jamoatchilik e’tiborini birinchi marta o‘ziga qaratayotgani yo‘q. Triyestdagi sammit vaqtida ham uning poyabzali gap-so‘z bo‘lgan edi, uning Yevropa tashqi ishlar komissari Federika Mogerini bilan birga tushgan surati esa Bolqon internetida memga aylangan edi.
Izoh (0)