AQSh harbiy-havo kuchlari Boeing kompaniyasi bilan prezident Donald Tramp uchun ikkita 747-8 samolyotini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ularni oldinroq Rossiyaning “Transaero” aviakompaniyasi buyurtma qilgan edi, deya xabar beradi Defense One.
Portalga ko‘ra, “Transaero” to‘rtta 747-8 samolyotini 2013-yilda buyurtma qilgan edi, biroq oradan ikki yil o‘tib kasodga uchragan aviakompaniya ularni sotib ololmadi va havo kemalari Kaliforniyaning Moxav sahrosida konservatsiyada turibdi.
Har bir samolyot uchun AQSh harbiy-havo kuchlari 390 million dollardan pul to‘lashi bildirilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2016-yil dekabrida Tramp prezident aviaotryadini yangilash dasturini tanqid qilgan va buning uchun mo‘ljallangan 4 milliard dollarni haddan tashqari qimmat deb topgan edi.
Izoh (0)