AQShning Minneapolis shahridagi xususiy maktabda gaz portlashi yuz berdi. “Korrespondent.net” xabariga ko‘ra, portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
Shahar o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Jon Frutelning so‘zlariga ko‘ra, portlashdan keyingi bino qulashi oqibatida yana to‘qqiz kishi jabrlangan.
Ta’til bo‘lishiga qaramay, maktabda yozgi o‘quv kurslarga yoki sport mashg‘ulotlariga qatnayotgan o‘quvchi va o‘qituvchilar ko‘p bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)