O‘zbekiston va Qirg‘iziston futbol federatsiyalari milliy terma jamoalar tasnifida o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib bormoqda, deb ma’lumot berdi “Championat.asia”.
Nashr bunda qirg‘izistonliklarning “VKontakte”dagi sahifasiga asoslangan, keyinroq O‘FF matbuot xizmatidan ma’lumotni tasdiqlatib olgan. Ikki tomon o‘zaro kelishuvga erishsa, uchrashuv 25-avgust kuni poytaxt Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
JCh—2018 saralashidagi ishtirokini davom ettirayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 31-avgust kuni Xitoy bilan safar o‘yinida ishtirok etadi, 5-sentabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreyani qabul qiladi. Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini mana shu bellashuvlar oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
Katta ehtimol bilan Qirg‘izistonga qarshi bellashuvda terma asosini tashkil qiladigan legioner futbolchilar ishtirok eta olmasligi mumkin. FIFA kunlari bo‘lmagan sanalarda ularning o‘z jamoasidan bo‘sh bo‘lishi qiyin masala.
Izoh (0)