G‘uzorning “Sho‘rtan” futbol klubi bosh murabbiylik postiga uchinchi bor Edgar Gessni tayinlagani haqida xabar berilgandi.
“Championat.asia” nashrining ma’lumot berishicha, Gess bir haftaga qolmay “Sho‘rtan” bilan xayrlashgan. Buning sabablari hozircha ma’lum emas. Yaqin soatlar ichida jamoa matbuot xizmati bu borada rasmiy tushuntirish berishi kutilmoqda.
Bungacha “Sho‘rtan” matbuot xizmati Edgar Gessning jamoaga kelishi bilan bog‘liq masala yuzasidan raddiya bergan bo‘lib, sport jurnalistini haqorat qilgani aytilgandi. Mavsum davomida “Sho‘rtan” shunisi bilan qo‘shib hisoblaganda uchinchi murabbiyni iste’foga chiqardi.
Bungacha 2017-yil mavsum antirekordi Ravshan Haydarovga tegishli bo‘lib turgandi. U “Paxtakor” bosh murabbiyi sifatida 20 kun faoliyati olib bordi. Keyinroq yangi rahbariyat uni iste’foga chiqarib, Jasur Abduraimovni tayinladi, ko‘p o‘tmay Shota Arveladzeni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.
Izoh (0)