Buyuk Britaniya diplomatlarining oilalari mamlakatdagi beqaror siyosiy vaziyat munosabati bilan Venesuelani tark etdi. Bu haqda, BBC’ga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Buyuk Britaniya TIVga ko‘ra, diplomatik idoralar ishchilarining oilalari mamlakatdan olib chiqilishi vaqtinchalik ehtiyot chorasi bo‘lib, muxolifat va hukumat o‘rtasidagi to‘qnashuvlar hamda davom etayotgan norozilik namoyishlari tugaguniga qadar amal qiladi.Bundan tashqari, TIV beqaror siyosiy vaziyat tufayli fuqarolarga Venesuelaga kelishdan vaqtinchalik voz kechishni, Venesuelada bo‘lib turgan britaniyaliklarga esa mamlakatni tark etishni tavsiya qildi.
Izoh (0)