Toshkentning Uchtepa tumanida ikki o‘smir o‘rtasida kelib chiqqan janjal va mushtlashuv oqibatida ulardan biri jiddiy yaralandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
“29-iyun kuni taxminan soat 15:10 larda voyaga yetmagan Akbarov Xalilullo G‘ofurjon o‘g‘li Uchtepa tumani hududida voyaga yetmagan Alimov Behruz Shavkatilla o‘g‘li bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida unga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Alimov qorin sohasi teshib kiruvchi sanchilgan-kesilgan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borildi”, — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)