Namanganda abituriyentlar o‘rniga test imtihonlariga kirmoqchi bo‘lgan qoidabuzarlar qo‘lga tushdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar bermoqda.
Namangan tumani Toshbuloq shaharchasida istiqomat qiluvchi shaxs ikki abituriyentni Namangan muhandislik-texnologiya instituti yengil sanoat fakultetiga o‘qishga kiritish uchun 12 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.
U abituriyentlarni o‘qishga kiritish uchun Buxoro viloyatidan 16 nafar bilimli shaxsni yollagan. Ular Davlat test markazi bergan ruxsatnomalardagi rasmlarni o‘zgartirgan holda abituriyentning o‘rniga test topshirib chiqishi lozim bo‘lgan.
Izoh (0)