1-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Abdulla Aripov elektron shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentga TATUga o‘qishga topshirishni maslahat berdi. “Bunaqa narsa bilan nima qilib yuridik universitetda yuribsan, axborot texnologiyalariga bormaysanmi?”.
2. “Men endi o‘qishga kirolmaymanmi?”. Yuridik universitet test imtihonlariga kirish jarayonidan lavhalar.
3. Firdavs Abduxoliqov: Gulnoraning tosh-tarozisi. “Gulnora bilan hamkorlikdagi faoliyatdan hech qanday tijoriy maqsadni ham ko‘zlamaganman”.
4. O‘zbekistonda overdraft kreditlari paydo bo‘ladi. Bunday kreditli kartochkangizda bir so‘m bo‘lmasa ham, undan to‘lovlarni amalga oshira olasiz.
5. Neymar nayrangi sabab “Barselona” Yevropa grandlarini “PSJ”ga qarshi birlashishga chorladi. “PSJ” Neymarni “Barselona” belgilab qo‘ygan ko‘tarma puli — 222 million yevroga sotib olishga rozi.
Izoh (0)