Rossiyada, Moskva davlat sudida ro‘y bergan otishmada “GTA to‘dasi”ning uch a’zosi o‘ldirildi. Yana ikki sudlanuvchi yaralandi, deb xabar beradi Meduza.
Aytilishicha, sud liftida sudlanuvchilar konvoirlarga hujum qilib, ularning qurolini tortib olgan va shundan so‘ng otishma boshlanib ketgan edi. Besh sudlanuvchiga ikki konvoir qarshilik ko‘rsatdi.
Ikki sud pristavi yaralangan bo‘lib, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Shuningdek, Rossiya gvardiyasining xodimi, shuningdek, ikki politsiyachi yaralangani bildirildi.
Izoh (0)