Ersal tumani yaqinida Livan armiyasi “Jabhat an-Nusra” jangarilarining birinchi oqimini o‘tkazib yubordi. Ular oila a’zolari bilan birgalikda Livan hududidan Suriya shimoliga chiqib ketmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
30-iyul kuni Livanning “Hizbulloh” guruhi “an-Nusra” bilan kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, radikallar o‘z oila a’zolari bilan birga mamlakat hududini tark etadi.
Ayni paytda Ersal tumanini jangarilar va ularning oila a’zolari, jami 9 ming kishi tark etishi kutilmoqda.
Izoh (0)