Chempionlar xalqaro kubogining oxirgi o‘yiniga AQShning Foksboro shahri mezbonlik qildi va unda Italiyaning ikki eng kuchli klublari o‘zaro to‘qnash keldi.
A seriyada mavsumni dastlabki ikki o‘rinda yakunlagan “Yuventus” va “Roma”ning Amerikadagi o‘zaro to‘qnashuvida g‘olibni 90 daqiqa ichida aniqlab bo‘lmadi. Edin Jeko tomonidan urilgan gol “Roma” futbolchilarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Ammo penaltilar seriyasida “bo‘rilar” baribir imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Marko Tumminello birinchi zarbada adashdi. Keyinroq Lorenso Pellegrini, Xuan Iturbe, Bruno Peres, Jengiz Under kabi futbolchilar aniq zarba bersa-da, o‘sha birinchi xato qimmatga tushdi.
“Yuventus”da penalti tepgan besh futbolchining barchasida zarba aniq bo‘ldi: Shtefan Lixtshtayner, Andrea Barsali, Federiko Bernardeski, Sami Xedira, Duglas Kosta.
Chempionlar xalqaro kubogi Foksboro, AQSh 31-iyul, dushanba
Izoh (0)