• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Zuhra Ashurova: “Jahlim chiqqanida hurmat darajasini yo‘qotib qo‘yaman”

    “Darakchi.uz” O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zuhra Ashurova bilan uyushtirilgan suhbatni chop etdi. Quyida undan olingan eng qiziqarli savol-javoblarni keltiramiz.

    Foto: “Darakchi.uz”

    Foto: “Darakchi.uz”

    — Sizni sahnani qadrlaydigan aktrisa, deya ta’riflashadi.

    — Aktrisa bo‘lish orzusiga erishishim oson kechmagan. Onam rahmatli “Artist bo‘lsang, seni kim kelin qiladi?” — deya xavotir aralash qarshilik ko‘rsatganlar. Otam ko‘nglimga qaraganlar, u kishi bizga doim “siz”lab murojaat qilardilar. To‘g‘ri, padarim ko‘proq suxandon bo‘lishimni orzulaganlar. Qo‘ni-qo‘shni o‘rtasida har xil mish-mish gaplar ham tarqalgan. Sahnada kimlar bilandir er-xotin bo‘lib chiqsam, “Voy, Jo‘ra akaning qizi falonchining xotini bo‘lib chiqibdi”, — deyishgan. Uyga yig‘lab kelgan kezlarim ham bo‘lgan. “Hali shunday aktrisa bo‘layki, gap-so‘z qilganlar uyalib qolsin. Onam esa quvonib yursinlar”, — derdim. Oradan yillar o‘tgach, volidam mendan, kasbimdan rozi bo‘ldi. “Men Zuhra Ashurovaning onasiman”, — deya faxr bilan so‘zlaganlarida ko‘zim yoshlanardi. Qismatni qarangki, avvallari artistning qizini hamma kelinlikka olmagan bo‘lsa, bugungi kunda buning aksi bo‘lib chiqyapti. San’atkorga qiz bersam, artistdan kuyovim bo‘lsa, qaniydi, deguvchi insonlar oramizda anchagina topiladi. San’atkorga qiz bermayman, degan kishilarning nabiralari bugungi kunda san’atkor bo‘lish uchun harakat qilishayapti. San’atkorlik ancha mashaqqat talab etilishini, afsuski, hamma ham his etavermaydi. San’atni egallash uchun Zuhra Ashurova tirnoqlari bilan tirmashganini bilishmaydi. Shunga qaramasdan tirishib, orzumga, oldimga qo‘ygan maqsadimga erishganman. Mana shunaqa qiyinchiliklardan o‘tganim uchun ham sahnaning qadriga yetaman.

    — Kino, seriallarda ham suratga tushasiz. San’atning bu yo‘nalishidagi ijrongizdan qoniqasizmi?

    — Rosti, o‘zimni kinodan omadi kelgan aktrisa, deb sanamayman. To‘g‘ri, rollarim bor, biroq o‘zim istagan va qoniqtiradigan to‘laqonli obrazni yaratganim yo‘q. Masalan, tomoshbainlar “Kelinlar qo‘zg‘oloni” desa Dilbar Ikromovani, “O‘tkan kunlar” haqida so‘z ketsa, Gulchehra Jamilovani, “Sevginator” deganda esa Muqaddas Holiqovani ko‘z oldiga keltirishadi. Menda mana shunday rollar yo‘q. Viloyatlarga borganimda ko‘proq telepostanovkalardagi Xonzodabegim, Layli obrazlarimni eslashadi. Yana “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvi orqali eslab qolishgan. Buning uchun Mirabbos Mirzaahmedovga rahmat aytaman.

    — Rejissorlarimiz qiyofangizni qanday rollarga mos deyishadi?

    — Rejissyor Maqsud Yunusovdan “Nima uchun Zuhra Ashurova ijobiy, lirik rollarni gavdalantiradi? Nega Xonzodabegim, Laylilarni bergansiz?” deb so‘rashgan ekan. O‘sha kezlarda rejissorimiz “Bibixonim” filmi ustida ishlayotgandi. Men Bibixonim roliga tayyorgarlik ko‘rayotgandim. “Zuhrada haqiqiy o‘zbekona yuz, o‘zbekona muomala bor”, — deya javob qaytargan. Yaqinda bir rejissor yordamchisi bilan suhbatlashib qoldim. “Sizning ko‘zlaringiz ma’yus, ularga qahr begona bo‘lgani uchun mana bu filmga ololmadik”, — dedi. Buni o‘zim ham tan olaman. Serqirra aktrisa bo‘lishni orzu qilaman, lekin tashqi ko‘rinishim faqat ijobiy rollarga mos tushadi. Salbiy rollar ijro etishni istayman-u, tomoshabinni aldab bo‘lmaydi, ko‘zingiz sotib qo‘yadi.

    — Yanglishmasam, qizingizni turmushga uzatgansiz. Quda-andachilikda nimalarga ko‘proq rioya etgansiz?

    — Ochig‘i, avvalo qizimizning bu boradagi tanloviga qarshilik bildirgandik. Uzoq joyga uzatishni istamadik. Chunki kuyovimiz Namanganlik. Qizim bilan kuyovim Jahon tillari universitetining jurnalistika fakultetida birga o‘qib, bir-birlariga ko‘ngil qo‘yishgan. Bilasiz, ko‘ngilga buyruq berib bo‘lmaydi. Mening ota-onam ham ko‘nglimga qarab ish tutishgan. Shularni o‘ylab, qizimning ko‘ngliga qarshi bormaslikka qaror qildik. Kuyovim Bahodirjonni o‘z farzandimdek ko‘raman. Qizim ayni kunda Toshkent telekanalida “Kitobxon shou” ko‘rsatuvi boshlovchisi va muharriri. Ular ikki farzandning ota-onasi.

    — Chetdan qaraganda yumshoq tabiatli ayolga, suhbatlashganda esa shaddodga o‘xshaysiz. Aslida, tabiatan qandaysiz?

    — Sahna boshqa, hayot boshqa. Samimiylikka intilaman. Biroq men ham ko‘plar qatori bandaman. Ko‘ngilni ranjitadigan gaplar eshitsam, farzandlarimni, o‘zimni izzat-nafsimni toptaydigan so‘zlar bo‘lsa, to‘nimni teskari kiyib olaman. Ideal inson bo‘lmaydi, o‘ta madaniyatli odamda ham, sabr-toqat chegarasi bo‘ladi.

    — Qiyinchiliklarni qanday yenggansiz?

    — O‘z shiorim bor. “Bundan ham yomon bo‘lishi mumkin edi-ku!” — deya o‘zimni tinchlantirganman.

    — Tuzatib bo‘lmas kamchiligingiz?

    — “Zuhraning jahli chiqmasin. Jahli chiqsa hech kimni tanimaydi”, — deyishadi dugonalarim. Jahlim chiqqanda hurmat darajasini yo‘qotib qo‘yaman. Katta-kichikning farqiga bormay qolaman.

    30.07.2017, 10:01   Izoh (0)   27963
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashgach, salomatligi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lganini aytdi

    27.07.2017, 09:14

    Alla Pugachyova o‘zini qanday his qilmoqda?

    27.07.2017, 08:24

    Yigitali Mamajonov ilk gonorari, oilaviy biznesi va farzandlari bilan munosabati haqida gapirdi

    27.07.2017, 08:05

    Nilufar Usmonova 40 kunda 11 kg ozgani haqida gapirib berdi

    25.07.2017, 08:22

    Yulduz Rajabova Instagram’da qo‘pol izoh qoldiradigan yigitlardan nolidi

    23.07.2017, 09:23

    Qo‘shiqchi Nikolay Baskov Grozniydagi to‘yini izohlashdan bosh tortdi

    20.07.2017, 11:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.