Qo‘shiqchi Nikolay Baskov o‘zining Grozniyda bo‘lib o‘tadigan to‘yini izohlashdan bosh tortdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Bo‘lg‘usi nikoh haqida o‘z Instagram’ida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov gapirib bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xonandaning yori teleboshlovchi, model Viktoriya Lopiryova bo‘ladi.
Qodirov to‘y 5-oktabrga rejalashtirilganini ma’lum qildi. O‘sha kuni Checheniston rahbarining tug‘ilgan kuni, Grozniyda esa — Shahar kuni nishonlanadi.
“Men izoh bermayman… Kelinglar, o‘sha kungacha yetishaylik”, — dedi Baskov.
Izoh (0)