Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mahalla bilan hamkorlikda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida “yangicha ishlash” tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Andijon viloyati IIB

Foto: Andijon viloyati IIB

Andijon viloyati IIB markaziy apparati xodimlari shahar IIB profilaktika xizmati xodimlariga yaqindan yordam berish va “yangicha ishlash” tizimi faoliyatini tashkillashtirishda ko‘maklashishi maqsadida Andijon shahar hududida joylashgan 83 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirildi.

Shahar IIB profilaktika inspektorlari mahalla posboni, fuqarolar yig‘inlarining faollari va jamoatchilik vakillari bilan soat 20:00 dan keyin har bir mahallaga kirish joylarida, aholi ko‘p to‘planadigan va savdo komplekslari atrofida yangi yo‘nalishda tashkil etilgan “mahalla post”larida xizmat olib bormoqda.

Foto: Andijon viloyati IIB

Foto: Andijon viloyati IIB

Xizmatga jalb qilingan ichki ishlar organlari va jamoatchilik vakillari mahalla fuqarolar yig‘iniga kirib kelayotgan har bir fuqaro va transport vositasini tekshirib, tekshiruv kitoblarga qayd qilib bormoqda. O‘zini shubhali tutgan shaxslar va transport vositalari tekshiruvdan o‘tkazish uchun yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga olib borilmoqda. Bunda boshqarmaning Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasining piyoda va avtopatrul yo‘nalishida xizmat olib borayotgan xodimlari yaqindan yordam berib kelmoqda.

Yangi yo‘nalishda tashkil etilgan xizmat viloyatning barcha shahar va tumanlarida ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad esa tungi vaqtda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarni xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashdan iborat.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi