Oq Uyning kommunikatsilar bo‘yicha direktori Entoni Skaramuchchi AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatdan maxfiy axborot chiqib ketishiga kim aloqadorligi haqida yaxshi tasavvurga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlarini “Interfaks” keltirmoqda.
“Prezident va men barchaga shuni aytmoqchi edikki, kim axborot sizdirilishi bilan shug‘ullanayotgani va Oq Uydagi bunday holatlarga kim javobgarligi haqida yaxshigina tasavvurga egamiz”, — dedi Skaramuchchi CNN telekanali efirida.
Jurnalistning u Oq Uy xodimlar devoni rahbari Rayns Pribasni ayblayotgani haqidagi taxminiga Skaramuchchi “Yo‘q” deb javob qaytardi.
“Siz uning o‘ziga bu savolni berishingiz mumkin, va u sizga gapirib beradi. Men esa faqa o‘z harakatlarim uchun javob beraman, u ham o‘z harakatlari uchun o‘zi javob beradi”, — ta’kidladi Oq Uy vakili.
Ilgari Skaramuchchi AQSh ma’muriyatining kommunikatsiyalar bo‘limidagi “norasmiy manba”lardan qutulish niyatini bildirgan edi.
Izoh (0)