Futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon chempionati mezboni hisoblangan Qatar, shu mundial saralashida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda “Chempionat” ma’lumot berdi.
OFK Qatarning saralash o‘yinlarida ishtirok etishini ta’minlab beradi. Boisi Jahon chempionati va Osiyo chempionatining saralash turnirlari OFK tomonidan birlashtirib yuborilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi misolida olib qaralsa, Samvel Babayan shogirdlari JCh—2018 2-saralash bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tgani uchun, 2019-yilgi Osiyo kubogiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston bilan bir guruhda ishtirok etgan KXDR, Filippin, Bahrayn kabi termalar esa Osiyo kubogi uchun saralashni davom ettiradigan bo‘ldi. Bu vaqtda O‘zbekiston termasi JCh—2018 saralashining hal qiluvchi bosqichida ishtirokini boshladi.
Xuddi shuningdek, Qatar ham saralash o‘yinlarida ishtirok etadi. Agar jamoa 2-saralash bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tsa, 2023-yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘l olibgina qolmay, JCh—2022 ning hal qiluvchi bosqichida ham davom etaveradi. Hal qiluvchi bosqichga o‘ta olmagan taqdirida, Osiyo kubogi uchun kurashnigina davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, odatda musobaqaning mezbon mamlakatlari saralash turniridan ozod qilinadi. Ko‘p hollarda ular o‘rtoqlik o‘yinlari bilan cheklanadi va rasmiy o‘yinlar amaliyotidan chetda qolib ketadi. Qatarga esa rasmiy o‘yinlarda davom etish uchun imkoniyat taqdim etildi.
Avvalroq FIFA olti arab mamlakati tomonidan Qatardagi Jahon chempionatiga boykot e’lon qilingan maktubni asossiz deb topgandi aytilgandi.
Izoh (0)