Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroil Ibodatxona tog‘i hududidan metallodetektorli romlarni olib tashlaganidan so‘ng musulmonlarni muqaddas maskan boykotini to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Quddus muftiysi Muhammad Husayn ham musulmonlarni Ibodatxona tog‘ida joylashgan al-Aqso masjidiga qaytishga chorladi.
Falastinliklarning norozilik namoyishlaridan so‘ng Isroil metallodetektorlarni Ibodatxona tog‘iga chiqish yeridan olib tashlashga rozi bo‘ldi. Bunday xavfsizlik choralarining ko‘rilishiga ushbu hududda isroillik askarlarning o‘ldirib ketilishi sabab bo‘ldi.
Izoh (0)