Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining yarim finaliga yo‘l olish uchun bugun — 27-iyul kuni “Bunyodkor” va “Neftchi” klublari o‘zaro kurash olib boradi.
Bellashuvga Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi. Tomonlarning Farg‘onada o‘tgan birinchi o‘yinida Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi “qaldirg‘ochlar” 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
“Bunyodkor” — “Neftchi” o‘yini 19:00 da start oladi.
Vadim Abramov tashrifidan keyin “Neftchi” hozircha g‘olib chiqishning uddasidan chiqa olmadi. O‘zbekiston kubogidagi mag‘lubiyatdan tashqari Farg‘ona klubi Oliy liganing oxirgi uch turida faqatgina 1 ochko ishlab olgandi.
O‘zbekiston kubogi Chorak final 27-iyul, payshanba
Izoh (0)