Afg‘oniston shimolidagi Saripul viloyatida IShID jangarilari din xodimini qatl qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Sayyod tumanining Kapador qishlog‘ida istiqomat qiluvchi mulla Tojmuhammad 25-iyul kuni IShID guruhi komandiri Qori Shermuhammad tomonidan qatl etildi”, — deyiladi viloyat rahbarining matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada.
Terrorchilarning motivlari noma’lum. Ular tungi soatlarda mullani uyidan olib chiqib, yaqin atrofda boshidan juda qilgani aytilmoqda.
Mulla Tojmuhammad IShID haqida keskin tanqidiy fikrlar bildirib kelganini qishloq aholisi tasdiqladi.
Ilgari terrorchilar shu tumanning Miyondara qishlog‘ida uch oqsoqolni shu yo‘l bilan qatl qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)