O‘zbekistonda valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonida katta miqdorda valyutada kredit olgan tashkilotlar qiyinchiliklarga ucharaydi. Bu haqda Xalqaro press-klubning 26-iyuldagi yig‘ilishida moliya vazirining o‘rinbosari Mubin Mirzayev tomonidan ma’lum qilindi.
Mubin Mirzayev tomonidan ta‘kidlanishicha, qiyinchiliklar valyuta bozori erkinlashtirilayotgan vaqtda kursda yuzaga keladigan farqlar sababli belgilangan tartib bo‘yicha kreditni qaytarishda yuzaga keladi.
“Qiyinchiliklar yuzaga kelgan taqdirda mazkur tashkilotlar davlat tomonidan to‘laqonli qo‘llab-quvvatlanadi va shu tariqa bu masalalar hal qilinadi”, — dedi moliya vaziri o‘rinbosari.
Izoh (0)