Kecha — 25-iyul kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining 3-saralash bosqichi o‘yinlari start oldi hamda guruh bosqichiga yo‘llanma olish istagida bo‘lgan jamoalar ishtirokida 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Moskvaning “SSKA” klubi saralashning aynan shu bosqichidan ishtirokini boshladi va Gretsiyada raqibi darvozasiga javobsiz 2 ta gol urdi. Shu tariqa “armiyachilar” javob o‘yini oldidan yaxshi imkoniyat hosil qildi.Chempionlar ligasida to‘p surayotgan yagona o‘zbekistonlik futbolchi Aziz Ibragimovning “Spartak” jamoasi o‘z ishtirokiga yakun yasagan. Latviyaning mazkur klubini qoldirib ketgan Qozog‘istonning “Astana” klubi bugun — 26-iyul sanasida Polshaning “Legiya” klubini qabul qiladi.
“AEK” (Gretsiya) — “SSKA” (Rossiya) 0:2
Gollar: Alan Dzagoyev, 45+1 (0:1). Pontus Vernblum, 56 (0:2).“Styaua” (Ruminiya) — “Viktoriya” (Chexiya) 2:2 “Partizan” (Serbiya) — “Olimpiakos” (Gretsiya) 1:3 “Slaviya” (Chexiya) — “BATE” (Belarus) 1:0 “Vardar” (Makedoniya) — “Kopengagen” (Daniya) 1:0 “Qorabog‘” (Ozarbayjon) — “Sherif” (Moldova) 0:0
Izoh (0)