Chempionlar xalqaro kubogining Sharqiy Osiyo turnesida ishtirok etayotgan Myunxenning “Bavariya” va Londonning “Chelsi” klublari Singapurdagi “Milliy stadion”da o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning uchdan bir qismi o‘tib ulgurmay, Karlo Anchelotti shogirdlari 3 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgandi. Keyinroq “aristokratlar” ikki gol kiritib, hisobni qisqartirdi. Mag‘lubiyatdan qutulib qolishning esa iloji bo‘lmadi.
Madridning “Real” klubidan xarid qilingan Alvaro Morata o‘yinning 63-daqiqasida ko‘rinish berdi. “Bavariya”ning “Real”dan ijaraga olingan o‘yinchisi Hames Rodriges esa to‘liq o‘ynadi.
Bungacha “Bavariya” Londonning boshqa bir klubi “Arsenal”ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Milan”dan 4 ta javobsiz gol o‘tkazib yuborgandi. “Chelsi” esa “Arsenal” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urgandi.
Izoh (0)