Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyada ko‘plab, jumladan, tavakkalchilik tabiati haqidagi kitoblar muallifi, 53 yoshli yozuvchi va faylasuf Anna Dyufurmantel halok bo‘ldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Anna Dyufurmantel. Twitter/Franseculture

Anna Dyufurmantel. Twitter/Franseculture

Fojia Pampelon plyajida ro‘y berdi. Dyufurmantel ikki bola cho‘kayotganini ko‘rib qoldi va ularni qutqarishga harakat qildi. Biroq kuchli oqim uning o‘zini olib ketdi.

Bolalarga qutqaruvchilar yordam berishga ulgurdi. Ular sog‘-omon ekanligi bildirilmoqda.

Kitoblarida tavakkalchilik va xavf zamonaviy hayotning ajralmas qismi ekanligini ta’kidlab kelgan adibaning o‘limi munosabati bilan Fransiya madaniyat vaziri Fransuaz Nissen hamdardlik bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim