Ukraina, Fransiya, Rossiya va Germaniya yetakchilari ikki soat davomida telefon orqali “normand” formatida suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning matbuot xizmatiga tayangan holda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra tomonlar avgust oyining ikkinchi yarmida tashqi siyosiy maslahatchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tishi yuzasidan kelishuvga erishdi.
“Ikki soatlik telefon suhbati davomida xavfsizlik masalasidagi oxirgi qadamlarni kelishishga va Minsk kelishuvlari implementatsiyasining yo‘l xaritalari ustidagi ishni davom ettirishga kelishib olindi”, — deyiladi rasmiy xabarnomada.
Izoh (0)