2017-yil iyulidagi asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq 22-iyul kuni O‘zbekiston mudofaa vazirligi markaziy devoni binosida navbatchi smenalarning yong‘in xavfsizligiga tayyorgarligini tekshirish maqsadida maxsus taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tadbir doirasida binoda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inni o‘chirish bo‘yicha navbatchi smenaning tayyorgarlik darajasi, shuningdek, kuchli tutun sharoitida jabrlanuvchilarni evakuatsiya qilish ko‘nikmalari tekshirib ko‘rildi.
O‘quv joyida mudofaa vazirligi binosi kabinetlaridan biriga o‘t ketishi imitatsiya qilindi.
Xabarda ta’kidlanishicha, amaldagi signallarga muvofiq, mudofaa vazirligi navbatchilari, shuningdek, vazirlikning navbatchi o‘t o‘chirish smenasi o‘z vaqtida belgilangan normativlar doirasida voqea joyiga yetib keldi va birgalikda o‘tni o‘chirdi.
Izoh (0)