O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Toshkent viloyati bo‘ylab safari davomida 2017—2018-yillarda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish innovatsion loyihasi ham ko‘rsatildi.
O‘zAning xabar berishicha, “O‘zagrotexsanoatmashxolding” kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalari namoyish qilingan.
Kompaniya qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, mashina-traktor parklari va lizing xizmatlarini o‘zida jamlagan.
Loyihalardan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalari va istiqboldagi rejalar o‘rin olgan.
O‘zbekistonda belaruslik investorlar bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarilmoqda. Shavkat Mirziyoyev ushbu texnikalar turlarini ko‘zdan kechirdi.
Investorlar bilan mazkur tizimni yanada takomillashtirish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari haqida suhbatlashdi.
Izoh (0)