Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonining “At-Taavun” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va Igor Sergeyevning goli sabab zafar quchdi.
Yagona gol 29-daqiqaga kelib urildi. Shu kuni bosh murabbiy Samvel Babayan qo‘li ostidagi 15 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi. Turkiyaga jo‘nab ketgan yana besh futbolchi zaxirada qoldi.
Bungacha O‘zbekiston termasi Eronning “Zob Ohan” klubiga qarshi o‘ynab, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Samvel Babayan Turkiyaga olib ketgan delegatsiya bugun — 23-iyul kuni o‘z safariga yakun yasab, Toshkentga qaytib keladi.
O‘rtoqlik o‘yini Izmit, Turkiya 22-iyul, shanba
“At-Taavun” (Saudiya) — O‘zbekiston 0:1
Gol: Igor Sergeyev, 29 (0:1).O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov (Aleksandr Lobanov, 46) — Davron Hoshimov (Erkin Boydullayev, 27), Otabek Shukurov, Murod Xolmuhamedov, Akmal Shorahmedov, Farrux Sayfiyev, Sherzod A’zamov, Salamat Qutiboyev (Shohruz Norxonov, 74), Jaloliddin Masharipov, Sardor Mirzayev, Igor Sergeyev (Aleksandr Merzlyakov, 79).
Izoh (0)